Gruziyada aholi kamayib bormoqda

Gruziyada aholi kamayib bormoqda

2022 yilning birinchi yarmida Gruziyada aholining tabiiy o‘sish darajasi 6486 manfiy ko‘rsatkichni tashkil etdi. Ya’ni, mamlakatda tug‘ilishdan ko‘ra, qazo ko‘proq qayd etildi. Bu haqda “Sakstat” milliy statistika xizmati ma’lumoti darak bermoqda, deb yozdi “Novosti-Gruziya”.

Yanvar-iyun oylarida mamlakatda 20195 bola tug‘ildi, ro‘yxatga olingan o‘lim soni esa 26681 ga teng. Hisobot davrida aholi soni o‘zgarishi minus 6486 ni tashkil etdi.

Gruziyada ko‘p yillik ijobiy ko‘rsatkichdan keyin 2020 yil ilk bor vafot etganlik holati yangi tug‘ilgan chaqaloqlar sonidan oshgan. O‘shanda o‘sish ustunidagi raqam minus 4.017 edi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli Gruziyada o‘lim darajasi 5.1 foiz oshgan, tug‘ilish darajasi esa, aksincha, pasaygan.

2021 yili ham aholining tabiiy o‘sishi manfiy daraja (-13 960 kishi)ni ko‘rsatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!