Gruziyada 5 qavatli bino quladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq xarobalar ostida tirik qoldi (VIDEO)

Gruziyada 5 qavatli bino quladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq xarobalar ostida tirik qoldi (VIDEO)

Gruziyada qutqaruvchilar Batumidagi vayron bo‘lgan turar-joy binosi xarobalari ostidan voyaga yetmagan bola va bir kishini olib chiqishdi, ular kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Pirveli TV xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, yengil jarohatlar olgan boshqa erkak ham topilgan.

“Uyning vayronalari o‘nga yaqin mashinani bosib ketdi. Voyaga yetmagan bola qutqarilib, kasalxonaga yotqizildi”, - deyiladi telekanalda.

Keyinchalik Rustavi 2 telekanali qutqaruvchilar tirik qolgan uchinchi bolani, bu safar yangi tug‘ilgan chaqaloqni Batumidagi qulab tushgan turar-joy binosi vayronalari ostidan olib chiqqanini xabar qildi.

"Batumida yangi tug‘ilgan chaqaloq qulab tushgan uy vayronalari ostidan chiqarildi, kasalxonaga yotqizildi", - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 8 oktyabr kuni Batumi markazida besh qavatli turar-joy binosining bir qismi qulab tushdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!