Gruziya Ukrainaga harbiy yordam bera olmaydi va bermaydi

Gruziya Ukrainaga harbiy yordam bera olmaydi va bermaydi

Bu haqda Ukrainaning Gruziyadagi muvaqqat ishlar vakili Andrey Kasyanovning so‘zlariga javoban «Gruziya orzusi»ning ijrochi kotibi Mamuka Mdinaradze ma’lum qildi.

«Gruziya o‘z imkoniyatlaridan tashqari gumanitar yordam ko‘rsatadi va harbiy yordam bera olmaydi va ko‘rsatmaydi ham, chunki Ukrainadan keyin xavf ostida bo‘lgan birinchi raqamli davlatni harbiy qo‘llab-quvvatlovchi sifatida qayd etib bo‘lmaydi», - dedi Mdinaradze.

📌Ukraina elchixonasida bo‘lib o‘tgan bugungi brifingda diplomat gruzinlarni Ukrainani qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va jihozlar bilan ta’minlamaganlikda aybladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!