Gruziya prezidenti: Rossiya chegaralari qayerdaligini bilishi kerak

Gruziya prezidenti: Rossiya chegaralari qayerdaligini bilishi kerak

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushining kelajakdagi diplomatik yechimi Abxaziya va Janubiy Osetiyadan rus qo‘shinlarini olib chiqish masalasini o‘z ichiga olishi kerak, dedi Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili Bloomberg agentligiga bergan intervyusida.

“Rossiya o‘z chegaralari qayerdaligini bilishi kerak”, dedi Zurabishvili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Rossiya urushda to‘liq bo‘lmasa ham, deyarli barcha janglarda mag‘lub bo‘ldi" va Gruziya masalasi shunchaki muzokaralar stolida bo‘lishi kerak.

Biz bu urush “Rossiya bosib olingan barcha hududlardan chekinmasdan turib” tugaydi, degan fikrga ham yo‘l qo‘ya olmaymiz”, dedi siyosatchi.

“Agar G‘arb Rossiya tomonidan bosqinchi qo‘shinlarning to‘liq olib chiqilishini talab qilmasa, u 2008 va 2014 yillardagi kabi yana bir katta xatoga yo‘l qo‘yadi”, — deya qo‘shimcha qildi Zurabishvili.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!