Gruziya Milliy banki Yagona yevro to‘lovlar hududiga qo‘shilish uchun ariza berdi

Gruziya Milliy banki Yagona yevro to‘lovlar hududiga qo‘shilish uchun ariza berdi

Gruziya arizasi ushbu tashkilot Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va yakuniy qaror Yevropa komissiyasi bilan maslahatlashuvlardan so‘ng qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun, Yagona yevro to‘lov hududi kengashi yiliga to‘rt marta yig‘iladi va navbatdagi yig‘ilishi noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yagona yevro to‘lov hududi Yevropa va Yevropa iqtisodiy hududidagi bank hisoblari o‘rtasida yevro pul o‘tkazmalari tizimini takomillashtirish loyihasidir. Tizim yordamida siz yuqori tranzaksiya to‘lovlarisiz to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Gruziya mintaqadagi Yagona yevro to‘lovlar hududiga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan birinchi davlatdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!