Gresiyada so‘nggi 28 yillikdagi eng yuqori inflyasiya qayd etildi

Gresiyada so‘nggi 28 yillikdagi eng yuqori inflyasiya qayd etildi

Gresiyada 1994 yildan beri rekord darajadagi inflyasiya qayd etildi. Bu haqda Gresiyaning Elstat statistika xizmati xabar bermoqda.

Aprel oyida yillik inflyasiya 10,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, mart oyida bu ko‘rsatkich 8,9 foizni tashkil etdi. Statistika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p narxlar gaz, elektr energiyasi va dizel yoqilg‘isi uchun ko‘tarilgan.

2022 yil aprel oyida 2021 yilning aprel oyiga nisbatan tabiiy gaz 122,6 foizga, elektr energiyasi 88,8 foizga, isitish uchun dizel yoqilg‘isi 65,1 foizga oshgan. Yog‘ (22%), go‘sht (14,1%), sabzavot (13,8%), sut mahsulotlari va tuxum (11,7%), non va don (10%) kabi barcha asosiy oziq-ovqat mahsulotlari ham qimmatlashdi.

Yo‘lovchi havo transporti narxlarining o‘sishi qayd etildi – 15,8 foizga, mehmonxonalar 16,1 foizga qimmatlashdi. 2021 yilning apreliga nisbatan kinoteatrlar chiptalari narxi 13,9 foizga oshdi. Gresiya televideniyesining qayd etishicha, narxlar o‘sish dinamikasi Gresiya iqtisodiyotida tez orada eng yomon ssenariy amalga oshishidan dalolat beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!