Gresiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Gresiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

3 mart kuni 6,9 balli zilzila Gresiyaning markaziy qismidagi Elassona shahridan 21 kilometr janubi-g‘arbida sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqdaTASS.

Zilzila Afinadan Salonikgacha sezilgan. Kuchli zarbadan so‘ng, yer osti silkinishlari sodir bo‘lgan.

Minglab odamlar ushbu zilziladan keyin uylariga qaytishdan qo‘rqib, tunni ochiq havoda o‘tkazdilar. Tabiiy ofat ko‘plab uy va binolarga zarar yetkazgan. Futbol maydonida harbiylar chodirlar o‘rnatib, dala oshxonasini joylashtirdi, deya xabar bermoqda Euronews.

Elassona shahrida bir nafar fuqaro vayronalar ostidan qutqarildi.

Qurbonlar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar hozircha yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!