Gorbachyov AQShning bo‘lajak Prezidentiga Rossiya bilan bog‘liq maslahat berdi

Gorbachyov AQShning bo‘lajak Prezidentiga Rossiya bilan bog‘liq maslahat berdi

Sobiq Sovet yetakchisi Mixail Gorbachyov AQShdagi prezidentlik poygasining bo‘lajak g‘olibini Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan kechiktirmasdan uchrashishga chaqirdi.

Bu haqda “The Times” xabar bermoqda.

Gorbachyovning aytishicha, yadroviy qurollanish poygasi bilan bog‘liq vaziyat juda xavotirli va bu nazoratdan chiqib ketishi mumkin. Shu sababli, saylov natijalari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, AQSh va Rossiya "hozirgi muzlagan holatdan chiqish uchun" muloqotni qayta boshlashlari kerak.

"Bizga har ikki mamlakat prezidentlarining kuchli qadami kerak", deydi SSSRning sobiq prezidenti.

Gorbachyov, shuningdek, 1980-yillarning o‘rtalarida, hokimiyat tepasiga kelganida, Sovet Ittifoqi va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar hozirgi zamonga qaraganda ancha murakkab bo‘lganligini, biroq tomonlar o‘zaro ishonch, tushunish va munosabatlarni o‘rnatish orqali chiqish yo‘lini topishga muvaffaq bo‘lishganini qo‘shimcha qildi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!