Google Rossiya qonunlarini buzgani uchun jarimaga tortildi

Google Rossiya qonunlarini buzgani uchun jarimaga tortildi

Google Rossiya qonunlarini buzgani uchun birinchi marta jarimaga tortildi.

Sud rossiyaliklarga tegishli ma’lumotlarni mahalliylashtirishdan bosh tortgani uchun Google ni jarimaga tortdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Kompaniya uch million rubl miqdorida ma’muriy jarimaga tortilgan", dedi muassasa vakili Zulfiya Gurinchuk nashrga.

Protokol operator tomonidan mamlakat hududida ma’lumotlar bazalaridan foydalangan holda Rossiya fuqarolari to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlarni yozib olish, tizimlashtirish, to‘plash, saqlash va aniqlashtirishni ta’minlash majburiyatini bajarmaganligi uchun chiqarilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!