"Google"ning Rossiyadagi sho‘’basi «bankrot» bo‘ldi

"Google"ning Rossiyadagi sho‘’basi «bankrot» bo‘ldi

Google o‘z xodimlarining aksariyatini Rossiyadan Dubayga olib ketmoqda deb yozmoqda The Wall Street Journal. Rossiya idorasining ba’zi xodimlari Rossiyada qolishni va ishdan ketishni tanlagan.

«Rossiya rasmiylari tomonidan Google'ning Rossiyadagi bank hisobini hibsga olish bizni Rossiyadagi ofisimizni boshqarishni, jumladan, rossiyalik xodimlarni yollash va ularga haq to‘lash, yetkazib beruvchilar va sotuvchilarga maosh to‘lash hamda boshqa moliyaviy majburiyatlarni bajarishni imkonsiz qildi», — deyiladi WSJ xabarida.

Google Rossiyadagi xizmatlaridan - qidiruv, YouTube, xaritalar va Gmail xizmatlaridan foydalanishni davom ettirishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!