Google’ning Nyu-Yorkdagi ofisida 22 yoshli dasturchi jonsiz holda topildi

Google’ning Nyu-Yorkdagi ofisida 22 yoshli dasturchi jonsiz holda topildi

22 yoshli Skott Krulchik Google kompaniyasining Nyu-Yorkdagi ofisida jonsiz holda topildi, deb xabar berdi NY Post. Uning jasadini kech soat to‘qqizlarda farrosh ko‘rib qolgan.

Ma’lum qilinishicha, uning tanasida hech qanday jinoiy yoki zo‘ravonlik izlari topilmagan. Polisiyadagi manbalarning so‘zlariga ko‘ra, unda hech qanday surunkali kasallik bo‘lmagan va o‘lim sababini shifokorlar aniqlashadi.

Krulchik Google’da shu yilning avgustida ish boshlagan bo‘lgan. Bunga qadar u Facebook’da amaliyot o‘tagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!