Global isish kishilarning uyqusi kamayishiga olib keladi

Global isish kishilarning uyqusi kamayishiga olib keladi

Kopengagen Universiteti olimlari sayyora miqyosida o‘rtacha havo haroratining yuqori chastotali ko‘tarilib borayotgan barcha qit’alardagi jami 7 mamlakat aholisi uyqusidagi o‘zgarishlarni tahlil qildi. Tadqiqot davrida 47 mingga yaqin kishining hayotiy faolligi kuzatib borildi.

Sinovlarda qayd etilishicha, kechalari haroratning +30 darajadan yuqori bo‘lishi kishilarda uyqu soatlarini 14 daqiqagacha kamaytirdi. O‘rtacha hisobda sutka davomida 7 soatdan kam xordiq olish ham harorat yuqori kuzatilgan davrlarga to‘g‘ri keldi. Tadqiqotdagi aksar davlatlar kondisioner bilan ta’minlanish imkoni mavjud bo‘lmagan davlatlar qatoriga kiradi.

2100 yilga borib, global isishning yuqorilab ketishi inson uyqusini yil davomida 50-58 soatgacha kamayishiga olib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!