G‘ijduvonda qimorbozlar o‘yiniga chek qo‘yildi

G‘ijduvonda qimorbozlar o‘yiniga chek qo‘yildi

Joriy yilning 6 avgust kuni soat taxminan 18:30 larda G‘ijduvon tumani IIB xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlar asosida tumanning Baraka mahallasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, mahallaning Oltinsoy qishlog‘ida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan H.SH. ismli shaxs o‘z uyida tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinini tashkil qilib, fuqarolar A.SH., R.B. va R.F. larning qimor o‘yini o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berib qimorxona tashkil qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan H.SH. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!