G‘ijduvonda oliygoh talabasi o‘g‘irlik sodir qilgan

G‘ijduvonda oliygoh talabasi o‘g‘irlik sodir qilgan

2022 yil 2 noyabr kunidan 16 noyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs, G‘ijduvon tumani Armechan mahallasida yashovchi fuqaroning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yashash xonadonida bo‘lgan shkaf ichidan umumiy bahosi 12.000.000 so‘mlik 1 dona erkaklar kumush uzugi, 1 dona ayollar tilla uzugi, 1 dona ayollar tilla to‘g‘nog‘ichi, 1 dona tilla zanjiri, 1 dona bijuteriya to‘g‘nog‘ichi hamda 1 juft bijuteriya ayollar ziraklarini o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor-surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni G‘ijduvon tumani Dilkusho mahallasida yashovchi 2004 tug‘ilgan Buxoro Davlat universitetining 1-bosqich talabasi B.U. sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirgi kunda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!