Gidrometeorologiya xizmati markazi qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi

Gidrometeorologiya xizmati markazi qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazidan ma’lum qilinishicha, joriy yilning 8-9 fevral kunlari A-373 “Toshkent – O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘ruvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek, joriy yil 8-13 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati Kitob, Shahrisabz tumanlari,

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlari,

Samarqand viloyati Samarqand, Urgut tumanlari,

Jizzax viloyati Zomin, Baxmal tumanlari,

Toshkent viloyati Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlari va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘lari,

Namangan viloyati Pop tumani,

Farg‘ona viloyati So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilinadi.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!