Germaniyaning eng katta suzuvchi quyosh elektr stansiyasi ishga tushdi

Germaniyaning eng katta suzuvchi quyosh elektr stansiyasi ishga tushdi

Germaniyaning Silbersee III ko‘lidagi eng yirik - 3 MVt quvvatga ega suzuvchi quyosh elektr stansiyasi rasman ochildi va foydalanishga topshirildi.

5800 ta suzuvchi quyosh modullari va o‘rnatilgan quvvati 3 MVt bo‘lgan ushbu suzuvchi stansiya yiliga 3000 MVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi va har yili taxminan 1100 tonna CO2ni tejaydi (taxminan 11,6% CFC).

Quyosh elektr stansiyasi sobiq karer havzasi o‘rnida hosil bo‘lgan ko‘lda suzadi. Stansiyaning umumiy maydoni deyarli 1,8 gektarni tashkil etadi va bu ko‘l hududining taxminan 2,3% ga to‘g‘ri keladi. Tizim may oyining oxirigacha sinovdan o‘tkaziladi, shundan so‘ng elektr stansiyasi qurilgan «Quarzwerke» kompaniyasi o‘z iste’moli uchun ham, Germaniya elektr tarmog‘i uchun ham elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda.

Aprel oyida 5800 ta quyosh moduli ko‘l qirg‘og‘idagi 360 ta suzuvchi elementga mahkamlangan va maxsus quyosh qayiqlarida ko‘lga olib kelingan. Ma’lumot uchun, hozirgacha Germaniyadagi barcha suzuvchi quyosh loyihalari EEG (Germaniya qayta tiklanadigan energiya qonuni) moliyalashtirish bilan amalga oshirilib kelmoqda. Agarda ushbu yangi loyiha kutilayotgan natijani bersa, EEG moliyalashtiruvusiz amalga oshirilgan ilk energiya loyihasiga aylanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!