Germaniyadagi tungi klublarda raqs tushish taqiqlandi

Germaniyadagi tungi klublarda raqs tushish taqiqlandi

Koronavirusga qarshi kurash fonida yangi cheklovlar doirasida Germaniya poytaxti Berlin rahbariyati diskotekalar va tungi klublarni hozircha yopmaslikka qaror qildi. Biroq u yerda raqs tushishni taqiqladi, deb xabar berdi RIA Novosti 3-dekabr, juma kuni.

"Umuman olganda, raqs o‘yin-kulgilari taqiqlangan, ammo muassasalarning o‘zlari yopilmaydi. Bu klublar va diskotekalar ishlashda davom etishi mumkinligini anglatadi, ular odatda gastronomik xizmatlarni ko‘rsatadilar, lekin siz raqsga tusha olmaysiz", - deyiladi shahar hokimiyati qarorida.

Tegishli taqiq kelasi yilning 8 dekabridan 2 yanvarigacha amal qiladi. Ushbu davrda ochiq havoda raqsga tushishga ruxsat beriladi, lekin faqat COVID sertifikati egalari uchun.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!