Germaniyadagi axlat qutisidan XVII asrga oid ikkita rasm topildi (FOTO)

Germaniyadagi axlat qutisidan XVII asrga oid ikkita rasm topildi (FOTO)

Germaniyadagi axlat qutisidan XVII asrga oid ikkita rasm topildi. Bu haqda Kyoln polisiyasi xabar berdi.

Dastlabki tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, bu gollandiyalik rassom, Rembrandtning o‘quvchisi Samuel van Gogstraten (1627-1678) o‘g‘il bola portreti (sanasi noma’lum) va italiyalik Piyetro Bellotining (1627-1700) avtoportreti, 1665 yilda chizilgan. Ikkala rasm ham ramkaga solingandi.

Germaniyadagi axlat qutisidan XVII asrga oid ikkita rasm topildi (FOTO)

Germaniyadagi axlat qutisidan XVII asrga oid ikkita rasm topildi (FOTO)

Suratlarni may oyida avtoturargohda to‘xtagan 64 yoshli erkak topib olgan. Keyinchalik ularni polisiyaga topshirgan.

Bugungi kunga kelib, Kyoln polisiyasi rasmlarning egasini qidirmoqda va ular qanday qilib axlatxonaga tushib qolishganini aniqlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!