Germaniyada yirik operasiya o‘tkazildi. Sababi...

Germaniyada yirik operasiya o‘tkazildi. Sababi...

Nemis polisiyasi bugun, 7 dekbar kuni Bundestagga (Germaniya parlamenti) bostirib kirishni rejalashtirgan o‘ng qanot ekstremistlariga qarshi keng ko‘lamli operasiya o‘tkazmoqda. Bu haqda RIA Novosti “Spiegel” jurnaliga asoslanib, xabar berdi.

Nashr xabariga ko‘ra, Germaniya polisiyasining maxsus topshiriqlar bo‘linmasi (“spesnaz”) bir vaqtda 11 ta federal o‘lkada operasiyaga o‘tkazmoqda. Qayd etilishicha, Germaniya bosh prokurori va Jinoyat polisiyasi federal boshqarmasi (JPB) topshirig‘iga ko‘ra, o‘nglar terror tashkilotiga a’zo bo‘lgan yoki uni qo‘llab-quvvatlagan 25 nafar erkak va ayol qo‘lga olingan.

Nashrning yozishicha, 130 dan ortiq uy, idora va boshqa binolar tintuv qilinmoqda yoki allaqachon tintuv qilingan.

Ta’kidlanishicha, gumonlanuvchilarning rejalari orasida, xususan, “Bundestagga qurolli hujum uyushtirish va siyosatchilarni hibsga olish” ham bo‘lgan. Shuningdek, xavfsizlik kuchlarining ayrim vakillari terrorchi guruh bilan birdamligini ko‘rsatishi, bu esa “to‘ntarish”ga olib kelishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!