Germaniyada tabiiy ofat qurbonlari soni oshmoqda

Germaniyada tabiiy ofat qurbonlari soni oshmoqda

Germaniyaning g‘arbiy qismidagi Shimoliy Reyn-Vestfaliya va Reynland-Pfals federal shtatlarida kuchli yomg‘irlar oqibatida kelib chiqqan toshqinlar qurbonlari soni 103 kishiga yetdi, deb yozadi "Anadolu".

Reynland-Pfals Bosh vaziri Malu Drayerning aytishicha, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra toshqin qurbonlari soni 60 kishini tashkil etgan.

Shimoliy Reyn-Vestfaliyada o‘lganlar soni 43 taga yetdi.

Mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauyer Germaniyada toshqinlar sababli harbiy safarbarlik e’lon qildi.

Kramp-Karrenbauyerning aniqlik kiritishicha, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda Bundesverning 850 askari qatnashmoqda.

Ikkala federal shtat hududida ham uylar vayron bo‘ldi, ko‘pchiligi qulamoqda, ko‘chalar suv ostida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!