Germaniyada Rossiyaning bosh konsulxonasi yopildi
Rossiyaning Bonndagi bosh konsulxonasi muddatidan oldin o‘z faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qildi.
«Germaniya hukumatining Rossiyaning Bonndagi bosh konsulxonasini 2026 yil 18 sentyabrga qadar yopish to‘g‘risidagi qarori munosabati bilan barcha konsullik masalalari bo‘yicha fuqarolarni qabul qilish bekor qilinadi», deyiladi diplomatik vakolatxona xabarida.
Rossiyaning Berlindagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 1 sentyabr kuni Rossiya elchisi Sergey Nechayev Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan. Unga 4 avgust kuni Leypsig/Halle aeroportida sodir bo‘lgan dronlar bilan bog‘liq hujumga Moskva aloqadorligi yuzasidan norozilik bildirilgan.
Germaniya Rossiyani mazkur hujumni tashkil etishda ayblamoqda. Rossiya elchisi esa bu ayblovlarni rad etgan.
Rossiya elchixonasiga ko‘ra, Bonndagi bosh konsulxona va Berlindagi «Rus uyi»ning barcha xodimlari, shuningdek, ularning oila a’zolariga Germaniya hududini imkon qadar tezroq tark etish ko‘rsatmasi berilgan.
Bonndagi diplomatik vakolatxona Rossiyaning Germaniya hududidagi so‘nggi bosh konsulxonasi edi. Uning yopilishi ortidan mamlakatdagi Rossiya fuqarolari konsullik xizmatlaridan foydalanish uchun faqat Rossiyaning Berlindagi elchixonasiga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi.
Avvalroq Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohann Vadeful Bonndagi Rossiya bosh konsulxonasi 18 sentyabrga qadar yopilishini ma’lum qilgan edi.
Berlin, shuningdek, Moskvaga nisbatan choralar doirasida Berlindagi «Rus uyi» faoliyatiga asos bo‘lgan kelishuvni bekor qilishga qaror qilgan.
Germaniya hukumati bu qarorlarni 4 avgust kuni Leypsig/Halle aeroportidagi dronlar bilan bog‘liq hujumga urinish uchun Rossiyani javobgar deb hisoblashi bilan izohlamoqda.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova esa Germaniyaning «Rus uyi» bo‘yicha qarorini tanqid qilib, Berlin uning faoliyatini to‘xtatish uchun bahona izlaganini iddao qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi
Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.
«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi
Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнида чақалоқнинг ўлими ҳақидаги маълумотга онанинг ўлими ҳам қўшиб юборилган. Натижада у давлат базаларида вафот этган фуқаро сифатида қайд этилган.
