Germaniyada parlament saylovlarida ovoz berish bo‘lib o‘tmoqda

Germaniyada parlament saylovlarida ovoz berish bo‘lib o‘tmoqda

Germaniyada bugun Bundestagga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Yakshanba kuni soat 08:00 da (Toshkent vaqti bilan 11:00) butun mamlakat bo‘ylab saylov uchastkalari ochildi. Ma’lumotlarga qaraganda, Germaniyaning 60,4 million aholisi ovoz berish huquqiga ega. Aynan ular parlamentning bo‘lajak tarkibini aniqlab berishadi. Saylovlardan so‘ng mandatlarni taqsimlash asosida Bundestagda yangi kansler rahbarligida yangi hukumat shakllantiriladi.
Kansler lavozimga Xristian-demokratik ittifoqi-Xristian-sosial ittifoqi (XDI-XSI) siyosiy kuchidan Armin Lashet, Germaniya sosial-demokratik partiyasidan Olaf Shols va “Yashillar” partiyasidan Annalena Berbok asosiy da’vogarlar sanalnoqda.
Bundestagdagi o‘rin uchun rekord darajadagi 6 211 nafar nomzodlar, jumladan, 2 024 nafar ayol kurash olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!