Germaniyada karantin qoidalarini buzganlar uchun maxsus "qamoqxona" yaratish rejalashtirilmoqda

Germaniyada karantin qoidalarini buzganlar uchun maxsus "qamoqxona" yaratish rejalashtirilmoqda

Germaniyaning Saksoniya federal yeri koronavirus pandemiyasi tomonidan o‘rnatilgan karantinni bir necha bor buzgan fuqarolarni "majburiy joylashtirish" uchun maxsus muassasa yaratishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda “Bild” nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, hokimiyat buning uchun 2017 yilda qurilgan Drezdendagi qochqinlarni qabul qilish markazini qayta jihozlamoqchi.

Gazetaning yozishicha, panjara bilan o‘ralgan hudud polisiya tomonidan qo‘riqlanadi. Muassasa ichiga joylashtirish shartlari va narxi qanday bo‘ladi, hozircha noma’lum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!