Germaniyada emlangan fuqarolar karantin qoidalariga rioya etishlari shart emas

Germaniyada emlangan fuqarolar karantin qoidalariga rioya etishlari shart emas

Germaniyada koronavirusga qarshi emlangan fuqarolarga test topshirmasdan do‘konlarga kirishga va karantin qoidalariga amal qilmasdan ham sayohat qilishga ruxsat etildi. Bu haqda mamlakatning Sog‘liqni saqlash vaziri xabar berdi.

Uning so‘zlariga bunday erkinlik fuqarolarga mamlakatda koronavirusning uchinchi to‘lqini tugagandan so‘ng beriladi. Ayni paytda Germaniyada karantin hukm surmoqda. Shunga qaramay, maktab-bog‘chalar, go‘zallik salonlari, gul va kitob do‘konlari ochiq va manfiy test natijasi bilan kirish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!