Germaniyada afg‘onistonlik erkak ikki kishiga hujum qildi

Germaniyada afg‘onistonlik erkak ikki kishiga hujum qildi

Shanba kuni Germaniyaning Vilmersorf tumanida joylashgan Berlin bog‘ida 29 yoshli afg‘onistonlik yigit 58 yoshli bog‘bon ayolga hujum qildi.

Berlin polisiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, erkakka ishchi ayolning o‘simliklarga g‘amxo‘rlik qilishi yoqmagan. U ayolning bo‘yniga pichoq bilan bir necha marta zarba bergan, so‘ng yordamga kelgan 66 yoshli kishiga ham jarohat yetkazgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari 2016 yildan buyon Germaniyada yashayotgan gumondorni hibsga olishdi. Unga ruhiy kasallik tashxisi qo‘yilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!