Germaniya va Buyuk Britaniyaning Istanbuldagi konsulliklari terrorchilik hujumlari xavfi tufayli ishini to‘xtatdi

Germaniya va Buyuk Britaniyaning Istanbuldagi konsulliklari terrorchilik hujumlari xavfi tufayli ishini to‘xtatdi

Buyuk Britaniyaning Istanbuldagi Bosh konsulligi shahar markazida terror hujumlari sodir bo‘lishi xavfi tufayli ziyoratchilarni qabul qilishni to‘xtatganini ma’lum qildi.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

1 fevral, chorshanba kuni xavfsizlikka tahdid tufayli Germaniyaning Istanbuldagi konsulligi ham ishini to‘xtatdi.

Bundan tashqari, Shvesiya va Niderlandiya bosh konsulliklari tashrif buyuruvchilarni qabul qilishni to‘xtatdi.

30 yanvar kuni AQSh elchixonasi amerikaliklarni Istanbul markazida teraktlar sodir etish xavfi haqida ogohlantirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!