Germaniya Ukrainaga Gepard o‘ziyurar zenit qurollarini yetkazib beradi

Germaniya Ukrainaga Gepard o‘ziyurar zenit qurollarini yetkazib beradi

Germaniya kansleri Olaf Shols seshanba kuni Ukrainaga ko‘proq Gepard o‘ziyurar zenit qurollarini yetkazib berishga va’da berdi. Nemis tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu ZSU 4 km gacha va 3 km balandlikda tez uchadigan havo nishonlarini yo‘q qilishga qodir va juda samarali mobil havo mudofaa tizimi hisoblanadi.

“Ukraina prezidenti Germaniyadan juda jiddiy moliyaviy yordam, shuningdek, qurol-yarog‘ yetkazib bergani uchun minnatdorchilik bildirdi, chunki biz taqdim etayotgan artilleriya va havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini kafolatlash qobiliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. ", - dedi Shols jurnalistlarga.

Germaniya kansleri, shuningdek, uning mamlakati Ukrainani, jumladan, havo mudofaasi va mamlakatni uzoq muddatli rekonstruksiya qilish sohasida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etishini yana bir bor tasdiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!