Germaniya Ukrainaga 216 million yevro miqdoridagi 18 ta RCH-155 gaubitsalarini topshirishni ma’qulladi

Germaniya Ukrainaga 216 million yevro miqdoridagi 18 ta RCH-155 gaubitsalarini topshirishni ma’qulladi

Germaniya hukumati Ukrainaga qiymati 216 million yevro bo‘lgan 18 ta RCH-155 gaubitsalarini topshirishni ma’qulladi, deb yozadi Welt am Sonntag gazetasi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, gaubitsalar Ukraina armiyasiga 2025 yildan kechiktirmay yetkaziladi.

Qayd etilishicha, Ukraina rasmiylari ularga Germaniyaning Krauss-Maffei Wegmann (KMW) qurol-yarog‘ kompaniyasidan buyurtma berish niyatida.

Avvalroq Bloomberg agentligi G‘arb davlatlari Ukraina armiyasiga haligacha G‘arbda ishlab chiqarilgan tanklarni yetkazib bermagani, Germaniya esa buni birinchi bo‘lib amalga oshirishdan bosh tortayotgani haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!