Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri koronavirusga chalindi

Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri koronavirusga chalindi

Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Yens Shpan koronavirus tashxisi qo‘yildi.Koronavirus pandemiyasi davrida Germaniyada eng ommabop bo‘lgan 40 yoshli siyosatchi darhol karantinga olindi. Vazir uyda davolanadi.

Shu hafta boshida Y. Shpan hukumat yig‘ilishida qatnashdi. U virus yuqtiruvchi bo‘lishi mumkin. Biroq, ba’zi nemis ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Y. Shpan gigiyena qoidalariga rioya qilgan va niqob kiygan, shuning uchun uning vazirlar kabinetidagi hamkasblarini karantinga olinishi shart emas.

Germaniyada COVID-19 yuqtiruvchilar soni ham o‘sib bormoqda. Robert Kox instituti ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir kun ichida mamlakatda 7595 ta yangi koronavirus kasalligi qayd etilgan. Kasallik darajasi 100 ming aholiga 51 ta holatni tashkil qiladi.

Pandemiya boshlanganidan buyon Germaniyada 380 mingdan ortiq koronavirus holatlari qayd etilgan. Ularning 302 mingdan ortig‘i davolanib chiqqan. 9966 kishi xavfli epidemiyadan vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!