Germaniya rasmiylari xavotirda

Germaniya rasmiylari xavotirda

Narxlarning ko‘tarilishi, ijtimoiy keskinlik tufayli Germaniyada ommaviy norozilik va tartibsizliklar bo‘lishi mumkin.

Bu haqda Tyuringiya konstitusiyasini himoya qilish departamenti rahbari Shtefan Kramer "ZDF" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deyiladi "Gazeta.ru" xabarida.

Xabarda rasmiy vakilning "Ukraina mojarosi, energiya inqirozi bilan bog‘liq iqtisodiy tanglik oqibatida xalqda norozilik kayfiyati shakllanmoqda" degan nutqi iqtibos qilib keltirilgan.

Avvalroq nemis siyosatchilari hukumatni "Shimoliy oqim 2" gaz quvurini ishga tushirishga chaqirib, loyihadan voz kechish Germaniyada energiya inqirozi va ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lishidan ogohlantirgandi, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!