Germaniya polisiyasi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy jinoyatlarini tergov qilmoqda

Germaniya polisiyasi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy jinoyatlarini tergov qilmoqda

Ishlar soni yuzlab bo‘lishiga qaramay, tergov ishlari hali yo‘lning eng boshida, deb ma’lumot berdi Germaniya Federal jinoyat polisiyasi rahbari Xolger Myunx.

Vazifa nafaqat Ukraina hududida urush jinoyatlarini sodir etganlarni, balki buyruq berganlarni ham — Rossiyaning harbiy va siyosiy rahbariyatidagilarni aniqlashdir.

"Bizda yuzlab iplar bor, lekin ishning eng qiyin qismi bu kalavaning uchini topishdir. Maqsad aniq — vahshiylik ortida turganlarni aniqlash, tergov jarayonida ularning ishtirokini isbotlash va ularni javobgarlikka tortish", — deydi u intervyusida.

Germaniya umumbashariy yurisdiksiya prinsipini qo‘llaydi, insoniyatga qarshi jinoyatlar, hatto chet elliklar tomonidan chet elda sodir etilgan bo‘lsa ham, ularni jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!