Germaniya mahalliy elektr ta’minotida uzilishlar sodir bo‘lishi ehtimolidan ogohlantirdi

Germaniya mahalliy elektr ta’minotida uzilishlar sodir bo‘lishi ehtimolidan ogohlantirdi

"Biz qishda elektr ta’minotidan uzilishlar ehtimoli mavjudligini ma’lum qilamiz", — deydi Xalqni himoya qilish va tabiiy ofatlarda ko‘mak berish federal idorasi rahbari Ralf Tisler.

"Biroq, mintaqaviy va qisqa muddatli elektr ta’minotidagi uzilishlar haqida gap ketyapti", deya aniqlik kiritdi u.

Tislerning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yil yanvar va fevral oylarida uzilishlar xavfi kuchayadi. Bunga nafaqat elektr energiyasi yetishmasligi, balki uning xavfsizligi va quvvat manbai barqarorligini ta’minlash uchun amalga oshiriladigan maqsadli elektr ta’minotida uzilishlar sabab qilib ko‘rsatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!