Germaniya kompaniyasi turizm xizmatlari sifatini yaxshilashga doir ta’lim loyihasini taqdim etdi

Germaniya kompaniyasi turizm xizmatlari sifatini yaxshilashga doir ta’lim loyihasini taqdim etdi

Toshkentdagi «Inspira-S» mehmonxonasida Germaniyaning «O‘zbekistonda turizm va mehmondo‘stlikni rivojlantirish loyihasi» taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Germaniya kompaniyasi turizm xizmatlari sifatini yaxshilashga doir ta’lim lohiyasini taqdim etdi

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov, Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tilo Klinner, Sakson iqtisodiyoti ta’lim markazi vakili Irina Aynert, «Sequa» tashkilotining Sharqiy va G‘arbiy Yevropa, Markaziy va Sharqiy Osiyodagi hamkorlik loyihalari rahbari Anastasiya Tulke, Sakson biznes hamjamiyatining kasbiy ta’lim instituti vakili Albert Over, O‘zbekiston Otelerlar uyushmasi raisi Farangiz Abdullayeva va boshqalar ishtirok etdi.

Germaniya kompaniyasi turizm xizmatlari sifatini yaxshilashga doir ta’lim lohiyasini taqdim etdi

Taqdimotda nutq so‘zlagan Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov so‘nggi yillarda turizm sohasi jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

«Maqsadimiz — turizmda xizmat ko‘rsatish sohasini yangi bosqichga olib chiqish, turizm sohasidagi xizmatlar sifatini oshirish, ko‘lamini kengaytirish. Qayd etish joizki, Germaniya va O‘zbekiston otelerlar uyushmasi hamkorligida amalga oshirilayotgan loyiha mehmonxona boshqaruvi sifatini yangi bosqichga olib chiqish va O‘zbekistonda mehmonxona boshqaruvida Germaniya tizimini joriy qilishga qaratilgan. O‘ylaymanki, bu 2023 yilgi asosiy yo‘nalishlarimizdan biri bo‘ladi», – dedi Ulug‘bek A’zamov.

U turizm xizmatlari sifatini yanada yaxshilashda ta’lim lohiyalarini amalga oshirish muhim ekanligini ta’kidlab, bu boradagi hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Germaniya kompaniyasi turizm xizmatlari sifatini yaxshilashga doir ta’lim lohiyasini taqdim etdi

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tilo Klinner esa bugun taqdim qilinayotgan loyiha mamlakatimiz uchun juda muhim ekanligini qayd etdi.

«O‘zbekiston o‘z madaniyati, qadriyatlari, obidalari bilan Yevropa, xususan, Germaniya fuqarolarini ham o‘ziga jalb qilmoqda. Bu jarayonda esa turizm sohasida sifatli ta’limni oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi, – dedi Klinner. – Sifatli ta’lim turizm sohasiga kirib kelayotgan yosh kadrlarga o‘zlari uchun kerakli ko‘nikma va tajriba to‘plashga, kelajakda yetuk kadrga aylanishga imkoniyat yaratadi. Bu esa turizm sohasi rivojlanib borayotgan O‘zbekiston uchun juda muhimdir».

Tadbirda mutaxassislar O‘zbekistonda turizm va mehmondo‘stlikni rivojlantirishga qaratilgan loyiha va undan kutilayotgan natijalarga alohida to‘xtalib o‘tishdi. Sifatli ta’lim orqali mehmonxonalar va restoranlarda xizmat ko‘rsatuvchilarning malakasini oshirish muhim ekanligi ta’kidlandi.

Qayd etish joizki, mazkur loyiha O‘zbekiston turizm sohasida bilimli va yuqori salohiyatli kadrlar ko‘payishiga xizmat qiladi. Bu esa, albatta, ichki va tashqi turizmni rivojlantirish, xorijiy turistlar sonini yanada oshirishda muhim o‘rin tutadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!