Germaniya kansleri Ukraina tarafidan qilingan tanqidlarga munosabat bildirdi

Germaniya kansleri Ukraina tarafidan qilingan tanqidlarga munosabat bildirdi

Germaniya Ukrainaga kerakli harbiy yordamni ko‘rsatib kelmoqda. Bu haqda GFR kansleri Olaf Shols “Münchner Merkur” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Bu mamlakatda ular aytgan ko‘p narsa haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ayrimlar esa masalaning murakkabligini yetarlicha baholamayapti”, deydi u.

Kansler agar Germaniya eng ilg‘or qurol tizimlari, masalan, gaubisa yoki zenit tizimlarini yetkazib bersa, askarlar ulardan foydalanishga yaxshi o‘rgatilgan bo‘lishi kerakligini, aks holda bu qurollar samarasiz bo‘lishini, bundan tashqari, bunday tizimlarga o‘q-dorilar kerakligini qo‘shimcha qilgan.

Sholsning ta’kidlashicha, harbiy texnikani dilerlik do‘konlarida mashinalar kabi sotib olish mumkin deb o‘ylagan har bir kishi juda adashadi.

“Tanqidga chidashim kerakligini tushunaman. Ammo men o‘zimni muvozanatli yo‘nalishdan qaytarishga yo‘l qo‘ymayman”, deya xulosa qildi kansler.

Qayd etish kerakki, Ukrainadagi turli amaldorlar Germaniyani qurol yetkazib berishni haddan tashqari cho‘zib yuborishda aybladi. Prezident Zelenskiy Davosdagi forumda chiqish qilib, Ukrainaga u so‘rayotgan barcha qurollar kerakligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!