Germaniya hukumati 2027 yil uchun byudjet loyihasini ma’qulladi

Germaniya hukumati 2027 yil uchun byudjet loyihasini ma’qulladi

Bundestag tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘lgan hujjatga ko‘ra, kelgusi yilda umumiy xarajatlar hajmini 555,4 milliard yevrogacha oshirish rejalashtirilgan — bu joriy yildagi xarajatlardan deyarli 6 foizga ko‘pdir. 2027 yilda yangi sof qarz olish hajmi 2026 yildagi 98 milliard yevroga nisbatan 118,7 milliard yevrogacha oshiriladi.

Eng ko‘p xarajatlar Germaniya Mehnat va ijtimoiy masalalar federal vazirligi hissasiga to‘g‘ri keladi (201,4 milliard yevro). Ushbu mablag‘larning asosiy qismi pensiya to‘lovlariga yo‘naltiriladi. Kattagiligi bo‘yicha ikkinchi xarajat moddasi — mamlakat Mudofaa vazirligi byudjeti bo‘lib, uni 32,7 foizga (82,69 milliard yevrodan 109,75 milliard yevrogacha) oshirish rejalashtirilmoqda.

Moliyalashtirish hajmi bo‘yicha uchinchi o‘rinni Transport vazirligi egallaydi (26,43 milliard yevro). Mamlakat Moliya vaziri Lars Klingbayl rejalashtirilgan xarajatlarning o‘sishini Rossiya tahdidi tufayli xavfsizlik sohasidagi vaziyatning keskinlashgani bilan izohladi.

Germaniya sanoat federal birlashmasi (BDI) hukumatning byudjet siyosatini xarajatlar va qarz olish hajmi oshgani uchun tanqid qildi. BDI bosh direktori Tanya Gyonnerning fikricha, mamlakat iqtisodiyotiga o‘sishni rag‘batlantiruvchi choralar, shuningdek, davlat mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish zarur.

Mamlakat Savdo-sanoat palatalari federal birlashmasi bosh direktori Xelena Melnikovning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy soha, mudofaa va qarz foizlarini to‘lash xarajatlari hajmi "iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradigan xarajatlar uchun deyarli joy qoldirmaydi". Klingbayl esa Germaniya taqchilliksiz byudjet bilan "o‘zini Putindan himoya qila olmasligini" ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дун