Germaniya bu qishda gaz taqchilligiga duch kelmaydi, biroq...

Germaniya bu qishda gaz taqchilligiga duch kelmaydi, biroq...

Rossiya gazidan voz kechish Germaniyaning Norvegiya gaziga, shuningdek, ko‘mirga qaramligini oshirdi. Kelajakda bu energetika sohasida muammolarga olib kelishi mumkin, deb yozadi Bloomberg.

Agentlik ta’kidlaganidek, Germaniya bu qishda gaz taqchilligiga duch kelmaydi, biroq uning taqchilligi muammosi keyingi yil va keyinroq qaytishi mumkin. Bu yil Germaniya 2022 yil sentyabridan beri olmagan Rossiya gazini almashtirish suyultirilgan gazni sotib olish, Norvegiyadan yetkazib berish va energetika sohasida ko‘mirdan ko‘proq foydalanishga qaytish orqali amalga oshirildi. Shuningdek, bu yil Yevropada g‘ayrioddiy issiq qish Berlinda ehtimoliy gaz taqchilligi bilan bog‘liq muammolarni oldini olishga yordam berdi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyaning energiya siyosatini yangi bozorlarga yo‘naltirish qiymati 46 milliard yevro atrofida bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!