Germaniya AQShning vaksinalar patentidan voz kechish haqidagi chaqirig‘iga qarshi

Germaniya AQShning vaksinalar patentidan voz kechish haqidagi chaqirig‘iga qarshi

Germaniya kansleri Angela Merkel COVID-19 vaksinalari uchun intellektual mulk huquqlaridan voz kechish taklifiga qarshi ekanligini bildirdi.

AQSh ishlab chiqarishni kuchaytirish uchun, ushbu g‘oyani yoqlayotgandi. Ammo Germaniya hukumati patentni muhofaza qilish innovasiya uchun juda muhim va ishlab chiqarish jarayonlariga hech qanday to‘sqinlik qilmaydi deb ta’kidlamoqda.

Dori-darmon ishlab chiqaruvchi yirik firmalar Merkel xonim tarafda. Kecha ulardan biri Moderna o‘zining 11 yillik tarixida ilk bor choraklik daromad haqida e’lon qildi. COVID-19 vaksinasi sharofati bilan kompaniya 2021 yilning birinchi choragida $1,2 mlrd foyda ko‘rgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!