Germaniya Adliya vaziri: "Shimoliy oqim—2" ni qat’iyat bilan qo‘llab-quvvatlagan holda, Berlin Ukrainada urush boshlanishiga yordam berdi

 Germaniya Adliya vaziri: "Shimoliy oqim—2" ni qat’iyat bilan qo‘llab-quvvatlagan holda, Berlin Ukrainada urush boshlanishiga yordam berdi

Germaniya Adliya vaziri Marko Bushmanning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat 2014 yilda Qrim Rossiya tomonidan anneksiya qilinganidan so‘ng "Shimoliy oqim—2" loyihasida ishtirok etishdan bosh tortmay, Ukrainaga qarshi urush boshlanishiga hissa qo‘shgan.

"Biz Ukraina tomonida birlashganmiz. Lekin shuni ham aniq aytishimiz kerak. Qrimning anneksiya qilinishiga javoban, "Shimoliy oqim—2" bo‘yicha majburiyat, bugungi nuqtai nazardan qaraganda, Germaniyaning urush boshlanishiga qo‘shgan hissasi edi", — dedi Bushman kechagi G7 mamlakatlari adliya vazirlari yig‘ilishida.

Germaniya federal hukumati "Shimoliy oqim—2" gaz quvurini sertifikatlashtirish jarayonini 2022 yil fevral oyida, Rossiya bosqinining boshlanishidan faqatgina ikki kun oldin to‘xtatgan.

Bu Rossiyaning Ukraina sharqida 2014 yildan beri bosib olgan hududlar mustaqilligini tan olishiga munosabat edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!