Germaniya 2600 ming afg‘onistonlikni qabul qilmoqchi

Germaniya 2600  ming afg‘onistonlikni qabul qilmoqchi

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi 2600 afg‘onistonlikning Germaniyada yashashiga ruxsat berilishini ma’lum qildi. Ular orasida huquq himoyachilari, rassomlar, olimlar va jurnalistlar bor.

Nafaqat ular, balki oila a’zolariga ham Germaniyada yashash uchun ruxsatnoma beriladi. Shu tariqa afg‘onistonliklarning qochqinlik uchun murojaat qilishlariga hojat qolmaydi.

Tashqi ishlar vazirligi bu afg‘onistonliklarning aksar qismi hali Germaniyada emasligini aytdi, biroq ular ayni paytda qayerda bo‘lib turgani haqida ma’lumot bermadi. Muayyan kasb egasi bo‘lgan afg‘onistonliklarning Germaniyaga olib kelinishi vatanlarida ularning hayotiga xavf tug‘ilgani bilan izohlandi.

Avvalroq “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti Germaniya hukumatini afg‘onistonlik jurnalistlarni qutqarish bilan tartibli va shaffof shaklda shug‘ullanmaganlikda ayblagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!