Germaniya 2022 yilning oxirigacha Rossiya neftidan voz kechmoqchi

Germaniya 2022 yilning oxirigacha Rossiya neftidan voz kechmoqchi

Germaniya hukumati Yevropa Ittifoqi Rossiya Federasiyasidan neft sotib olishni taqiqlash bo‘yicha jamoaviy qaror qabul qila olmasa ham, 2022 yil oxirigacha Rossiya neftini import qilishdan voz kechish niyatida. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya hukumati barcha sa’y-harakatlarini muqobil neft yetkazib beruvchilarni topishga qaratgan. Shu bilan birga, Olaf Shols ofisi Germaniya qish boshlanishidan oldin neft yetkazib berish uchun barcha logistika masalalarini hal qila oladi, deb hisoblaydi.

Qayd etilishicha, kansler Olaf Shols shu haftada Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan. Qatar dunyodagi qora oltinning asosiy eksportchilaridan biridir. Avvalroq Germaniya qatarlik hamkorlari bilan suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha haligacha kelishuvga erisha olmagani xabar qilingandi.

Bir haftadan ko‘proq vaqt davomida Yevropa Ittifoqi Rossiya neftiga embargo qo‘yish masalasida jamoaviy qaror qabul qila olmayapti. Vengriya hukumati bir qancha boshqa davlatlar ko‘magida bunday choralarga qarshi chiqdi. Embargoga qarshi chiqqanlar neft sanksiyalari birinchi navbatda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga katta zarar yetkazishini aytishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!