Gentra va Nexia to‘qnashdi: 2 nafar voyaga yetmagan qiz vafot etdi

Gentra va Nexia to‘qnashdi: 2 nafar voyaga yetmagan qiz vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida Lacetti Gentra bilan to‘qnashishi oqibatida Nexia-2 da bo‘lgan ikki nafar voyaga yetmagan qiz vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 18 sentyabr kuni soat taxminan 17:20 larda Shahrisabz tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lda tezlikni kamaytirishga qaratilgan belgi o‘rnatilganga qaramay, katta tezlikda ketayotgan Lacetti Gentra o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan Nexia-2 yo‘liga chiqib ketib, to‘qnashgan. Oqibatda Nexia’da yo‘lovchi sifatida ketayotgan ikki qiz og‘ir tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Shahrisabz tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!