G‘azo sektoridagi qochqinlar lagerida yong‘in sodir bo‘lib

G‘azo sektoridagi qochqinlar lagerida yong‘in sodir bo‘lib

G‘azo sektoridagi yirik yong‘inda kamida 21 kishi halok bo‘ldi, ulardan yetti nafari bola. Bu haqda euronews axborot agentligi.

Payshanba kuni kechqurun hudud shimolidagi Jabaliya qochqinlar lagerida uch qavatli uy yonib ketdi. Yonayotgan binodan odamlar qutqarib olindi. Fojia joyida o‘t o‘chiruvchilarga mahalliy aholi yordam berdi.

Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmagan. Mahalliy hokimiyat binoda katta miqdorda yoqilg‘i zaxirasi mavjudligini inkor etmaydi. Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos voqeani milliy fojia deb atadi va juma kunini vafot etganlar xotirasiga motam kuni deb e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!