Gazli ichimliklar va erta o‘limlar orasidagi bog‘liqlik ma’lum qilindi

Gazli ichimliklar va erta o‘limlar orasidagi bog‘liqlik ma’lum qilindi

Haddan tashqari miqdorda gazli va shirin ichimliklar ichish yurak va qon-tomir kasalliklari hamda saratondan erta o‘lish ehtimolini sezilarli ravishda oshiradi. Bu haqda Circulation jurnali xabar bermoqda.

Kuzatuvlarimiz sayyoraning barcha aholisi umrni uzaytirish va salomatlikni yaxshilash uchun hamma turdagi shirin ichimliklardan voz kechib, oddiy suv iste’mol qilishga o‘tishlari zarurligini yana bir ko‘rsatmoqda , - deya ma’lum qildi Garvard universiteti (AQSh) olimi Vasanti Malik.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda bugungi kunda semizlik epidemiyasi kuzatilmoqda. Yer sharining har uchinchi aholisi ortiqcha vazndan aziyat chekadi.

Ko‘p shifokorlar va olimlarning ta’kidlashicha, semizlik epidemiyasining asosiy tarqatuvchisi - bu so‘nggi yillarda dunyoda mashhur bo‘lgan shirin ichimliklar.

Malik va uning hamkasblari 1980-2014 yillar oralig‘ida HPFS va NHANES loyihalari doirasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini tahlil qilib, yurak va qon-tomir kasalliklari kelib chiqishi hamda ular sababli o‘lim holatlari yuz berishining asosiy sabablaridan biri haddan ziyod shirin ichimliklar ichish ekanligini tasdiqlashdi.

Ushbu tadqiqotlarda yuz mingdan ortiq ularning salomatliklari va hayot tarzini uzoq muddat davomida kuzatishga rozilik bergan malakali tibbiyot mutaxassislari ishtirok etishgan. Ular har ikki yilda ijtimoiy xizmati xodimlariga ularning zararli va foydali odatlari qanday qilib o‘zgarganini aytib, ko‘rikdan o‘tib turishgan. Malik va uning hamkasblari gazli va tarkibida shakar bo‘lgan boshqa ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish erta o‘lim ehtimoliga qanday ta’sir ko‘rsatganini tekshirishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, haftasiga uch-to‘rt stakan gazli ichimlik ichuvchi kishilar orasida o‘lim holati bu ichimliklarni umuman iste’mol qilmaydiganlarga nisbatan 6 foizga ko‘proq kuzatilgan. Bunday ichimliklarni har kuni kuniga bir stakan iste’mol qilish erta o‘lim holatini 14 foizga hamda ikki va undan ortiq stakan iste’mol qilish 21 foizga oshirishi aniqlangan

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!