Gaz xodimi pora ustida qo‘lga olindi

Gaz xodimi pora ustida qo‘lga olindi

B.Nabiyev (ismi sharifi o‘zgartirilgan) xizmat mavqeidan foydalanib, o‘zganing mulkini ishonchini suiiste’mol qilib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, 2022 yil 21 iyun kuni Sharof Rashidov tumanida yashovchi B.Kabirovga tegishli xonadonda gaz hisoblash uskunasi o‘rnatmasdan noqonuniy ravishda tabiiy gazdan foydalanib kelayotganligi haqida 2022 yil 2 iyun kuni rasmiylashtirgan “Xatlov dalolatnomasi”ni bo‘limga topshirmaslik va unga nisbatan jarima qo‘llamaslik evaziga 2.600.000 so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan talab qilib, ushbu pullarni uning yashash xonadonida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Jizzax viloyat boshqarmasi va Sharof Rashidov tumani bo‘limi, viloyat prokuraturasi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan.

Sud majlisida B.Nabiyev aybiga to‘liq iqrorlik bildirdi.

Sud tomonidan B.Nabiyevga O‘zbekiston Respublikasi JK 25,168-moddasi 3-qismining “v” bandi bilan JKning 45-moddasiga asosan 1 yil muddatga muayyan huquqdan, ya’ni davlat ishtirokidagi korxona, muassasa va tashkilotlarda moddiy mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, oylik ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda, 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Mazkur jinoyat ishi Jizzax viloyat sudi apellyasiya instansiyasida ko‘rilib, B.Nabiyevga nisbatan chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi.

Lutfulla Mamarajabov,

Jizzax viloyat sudining sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!