Gaz narxi oshgani uchun Britaniyaning yana ikkita kompaniyasi bankrot bo‘ldi

Gaz narxi oshgani uchun Britaniyaning yana ikkita kompaniyasi bankrot bo‘ldi

Buyuk Britaniyaning Ofgem energoregulyatori saytida gaz narxining rekord darajada qimmatlashgani sababli yana ikkita kompaniya xonavayron bo‘lgani ma’lum qilindi.
Gap 235 ming iste’molchisi bo‘lgan Pure Planet va 15 ming iste’molchiga ega Colorado Energy kompaniyalari haqida bormoqda.

Ofgem tarqatgan xabarga ko‘ra, kompaniya mijozlari endi boshqa yetkazib beruvchilarga o‘tkaziladi va ular mazkur kompaniyalarning bozorni tark etishidan zarar ko‘rmaydi.

So‘nggi haftalarda Yevropada gaz narxi keskin oshib ketdi. Avgust boshida ming kubometr gazning narxi 515 dollar edi, sentyabr oxiriga kelib narx ikki barobarga oshib ketdi. 5 oktyabrda esa ming kubometr gaz 1400 dollargacha chiqdi.

Evropada gaz narxi yuqori bo‘lgani uchun joriy yilning yanvar oyidan to hozirgacha Britaniyada 12 ta energokompaniya xonavayron bo‘ldi. Ushbu kompaniyalar jami 1,5 million iste’molchiga xizmat ko‘rsatayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!