Gaz ittifoqi Rossiya Qozog‘iston orqali sanksiyalarni chetlab o‘ta oladi degani emas

Gaz ittifoqi Rossiya Qozog‘iston orqali sanksiyalarni chetlab o‘ta oladi degani emas

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenkoning aytishicha, uch tomonlama gaz ittifoqi Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tish imkoniyatini bermaydi.

Roman Vasilenko Qozog‘istonning pozisiyasi o‘zgarishsiz qolishi va mamlakat o‘z hududidan sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi. Ukrainadagi urushning boshidanoq komissiya tuzildi, uning maqsadi Qozog‘iston iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olishdir.

Uning qayd etishicha, Qozog‘iston sanksiyalarni xalqaro muammolarni hal qilishning maqbul usuli deb hisoblamaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!