G‘arbga Rossiya kerak emas, ular bizni shunchaki qulga aylantirmoqchi – Putin

G‘arbga Rossiya kerak emas, ular bizni shunchaki qulga aylantirmoqchi – Putin

G‘arba Rossiya kerak emas, ular bizni shunchaki qulga aylantirishmoqchi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun Kremlda bo‘lib o‘tgan DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlarini Rossiyaga qo‘shib olish marosimida.

"Biz mustamlakachilar istilosi davrida o‘zimizni talon-taroj qilishga yo‘l qo‘ymadik. Bunga pravoslavlik, islom, iudaizm va buddizmning buyuk axloqiy qadriyatlari asosida ochiq rus madaniyati va rus tili asosida rivojlangan va mustahkamlangan kuchli markazlashgan davlatni yaratish orqali erishildi.

G‘arb bizni mustamlaka sifatida ko‘radi, bizni ruhsiz qul sifatida ko‘rishni xohlaydi. Bizning madaniyatimiz ular uchun xavfli, shuning uchun ular buni taqiqlashga harakat qilishadi", - dedi Putin.

Ma’lumot uchun, bugun Kremlda Donesk Xalq Respublikasi, Lugansk Xalq Respublikasi, Zaporojye va Xerson viloyatlarini Rossiya tarkibisha qo‘shib olish to‘g‘risidagi shartnomalar imzolandi. Endi ushbu hududlar Rossiya Federasiyasining sub’ektiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, 23-27 sentyabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federasiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tgan edi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!