G‘arb sanksiyalariga boshqa davlatlar ham duch kelishi mumkin – Rossiya diplomati

G‘arb sanksiyalariga boshqa davlatlar ham duch kelishi mumkin – Rossiya diplomati

Georgiy Yegorov: Bizning muxoliflarimiz Rossiya bilan cheklanib qolmasligi aniq.

Dunyo G‘arbning Rossiyani jilovlash siyosatining cho‘qqisiga guvoh bo‘lmoqda, biroq u Moskva bilan cheklanib qolmaydi, qaror qabul qilishda o‘z mustaqilligini saqlab qolgan boshqa davlatlar ham sanksiyalar va boykotlarga duch kelishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning Xitoydagi elchixonasi matbuot kotibi Georgiy Yegorov ta’kidladi. RIA Novosti.

Hozirda dunyo o‘z tarixidagi eng notinch davrlardan birini boshdan kechirmoqda. Aslida biz G‘arb uzoq vaqtdan buyon pozisiyalarimizni zaiflashtirish, bir qutbli dunyo parchalanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amalga oshirayotgan Rossiyani jilovlash siyosatining cho‘qqisiga guvoh bo‘lmoqdamiz, dedi Yegorov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, “bu holatga va bu “falsafa”ga rozi bo‘lmaganlar sanksiyalar va har xil boykotlarga duchor bo‘ladi”.

Bizning muxoliflarimiz Rossiya bilan cheklanib qolmasligi aniq. Bizdan keyin navbat qaror qabul qilishda suverenitet va mustaqillikni saqlab qolgan, BMT Xavfsizlik Kengashidan tashqarida qabul qilingan noqonuniy bir tomonlama sanksiyalarga qarshi chiqqan davlatlarga kelishi mumkin, dedi diplomat.

Shuningdek, u “dezinformasiya texnologiyasi G‘arb siyosatining usuli sifatida AQShning xizmatkori bo‘lishni istamaydigan davlatlarga nisbatan muntazam qo‘llanilayotganini” aytgan. Uning eslatishicha, “G‘arbning asosiy ommaviy axborot vositalari Xitoyni COVID-19 ning sun’iy kelib chiqishida asossiz va qat’iy ayblagan, Pekin Olimpiadasini boykot qilishga chaqirgan, Qozog‘istondagi yanvar voqealari paytida olovga moy qo‘shgan”.

Uning aytishicha, bunday misollar cheksiz.

“Bunday shiddatli axborot bosimi sharoitida G‘arbning tashviqot mashinalariga qarshi turish maqsadi bilan SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida axborot ishi sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, ommaviy axborot vositalari orqali o‘zaro hamkorlikni rag‘batlantirish, strategik aloqaning umumiy yo‘nalishini rivojlantirish hozirgi bosqichdagi eng muhim vazifalardan”, dedi diplomat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!