G‘arb qachon Ukrainaga yordam berishni to‘xtatishi taxmin qilindi

G‘arb qachon Ukrainaga yordam berishni to‘xtatishi taxmin qilindi

2024 yilda AQShda Donald Tramp hokimiyatga kelganidan so‘ng G‘arb Kiyevga yordam berishni to‘xtatishi mumkin. Bu haqda britaniyalik tarixchi va Rossiya bo‘yicha ekspert Orlando Faydjes taxmin qildi.

“Ko‘p narsa AQShda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezident sayloviga bog‘liq bo‘lishidan qo‘rqaman. Tramp g‘alaba qozonsa, Ukraina uchun yomon bo‘ladi”, - deya ta’kidladi olim.

Uning fikricha, ko‘p narsa G‘arbning “oxirigacha borish”ga tayyorligiga ham bog‘liq.

Noyabr oyi o‘rtalarida Tramp 2024 yilgi prezidentlik saylovi uchun nomzod sifatida ko‘rsatilishini rasman e’lon qildi.

Moskva 24 fevraldan beri Ukrainada maxsus harbiy operasiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning yakuniy maqsadini Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratish deb atadi.

Buning ortidan G‘arb davlatlari Kiyevga qurol yetkazib berishda davom etmoqda. Moskva G‘arb qurollarini yetkazib berish faqat mojaroni uzaytirishini, qurol-yarog‘ tashish esa Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!