G‘arb OAV Kiyevning NATOga qo‘shilishi haqida qanday fikrda?

G‘arb OAV Kiyevning NATOga qo‘shilishi haqida qanday fikrda?

G‘arb ommaviy axborot vositalari Kiyevning NATOga qo‘shilish istiqbollariga shubha bilan qaraydi:

The Guardian:

Ukraina ziddiyatli vaziyatda ekan, alyans buni ma’qullashi dargumon. Agar Ukraina NATOga a’zo bo‘lsa, uning ittifoqchilari uni faol himoya qilishga majbur bo‘ladi, bu majburiyat qurol yetkazib berishga nisbatan ancha qiyin.

Politico:

Zelenskiyning bu harakati diqqatni Putinning Rossiyaga yangi hududlarni qo‘shib olish haqidagi nutqidan chalg‘itish uchun qilingan. Ammo Ukrainaning iltimosi uning a’zo bo‘lish masalasini hal qilib qo‘ymaydi.

New York times:

Shubhasiz, bir a’zoga qurolli hujum barchaga hujum deb hisoblangani uchun Ukraina NATOga kirishdan foyda ko‘radi. Biroq, alyans bunday ziddiyatli davlatni qabul qilishi ehtimoli juda past.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!